Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

22-yanvar kuni Aqtobe viloyati Irg‘iz tumani hududida Samara-Chimkent avtomobil trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi N.S. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatdi.

Shuningdek, ob-havo sharoitining yomonlashgani tufayli Qozog‘istonning 9 ta viloyatida 48 ta uchastka barcha turdagi avtotransport vositalari uchun vaqtincha yopildi. 23-25-yanvar kunlari kuchli qor yog‘ishi va bo‘ron davom etishi kutilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring