Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov: Respublikada jamoat joylarida majburiy niqob taqish bekor qilindi

Ramzan Qodirov: Respublikada jamoat joylarida majburiy niqob taqish bekor qilindi

Foto: «Yandex»

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikada jamoat joylarida majburiy niqob taqish bekor qilinganligini e’lon qildi, deya xabar berdi NSN.

Uning ta’kidlashicha, rasmiylar «hududda epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarayotganini yaxshilab o‘rganib chiqqandan so‘ng» shunday qarorga kelishgan.

Shu bilan birga, Qodirov xavf ostida bo‘lgan odamlarga, shuningdek, bir necha kun avval emlanganlarga niqob taqishni davom ettirishni tavsiya qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring