Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov Rossiya prezidentligi haqida: «Men ham nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman. Boshqalarga mumkinu, chechenlarga mumkinmasmi?..»

Ramzan Qodirov Rossiya prezidentligi haqida: «Men ham nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman. Boshqalarga mumkinu, chechenlarga mumkinmasmi?..»

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘yishga to‘liq huquqi borligini ta’kidladi.

«Men Rossiya fuqarosiman, huquqim bor. Boshqalarga mumkinu, chechenlarga mumkinmasmi? Mumkin», — deya Qodirovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

«Ammo men bu ishni hech qachon qilmayman», deb qo‘shimcha qiladi Checheniston rahbari va Vladimir Putin kabi rahbardan keyin mamlakatni boshqarish deyarli imkonsiz ekanini aytadi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, Ramzan Qodirov urush tarafdori pozitsiyasini egalladi. Ilk kunlardanoq u doimiy ravishda frontdagi vaziyatni sharhlab boradi va chechen harbiy xizmatchilarining fotosuratlarini e’lon qiladi.

Shuningdek, u muvaffaqiyatsizliklar uchun Rossiya Mudofaa vazirligini faol tanqid qiladi. Xususan, ayrim hududlarning boy berilishicha Markaziy harbiy okrugning sobiq qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapinni ayblagandi. Qodirov Ukrainaga hatto taktik yadro quroli bilan zarba berishni ham taklif qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring