Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman. «Barselona» Ernesto Valverdeni iste’foga chiqardi

Rasman. «Barselona» Ernesto Valverdeni iste’foga chiqardi

«Barselona» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘z lavozimidan bo‘shatildi. ESPN nashrining xabar berishicha, 55 yoshli mutaxassis rahbariyat bilan uchrashgan va uchrashuv jarayonida o‘zaro kelishilgan holda shartnoma bekor qilingan. Valverdening iste’fosi rasman e’lon qilindi.

Uning o‘rniga 61 yoshli Kike Seten keladi. U bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolangan. E’tiborli tomoni, «Betis» klubi sobiq bosh murabbiyi faoliyati davomida birorta ham sovrin qo‘lga kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, Valverde «Barselona»ni 2017 yilda boshqara boshlagach, uning qo‘l ostida klub ikki marotaba Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, «Barselona» joriy mavsum turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: uff.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring