Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! HAJ-2020 vaqtincha to‘xtatildi

Rasman! HAJ-2020 vaqtincha to‘xtatildi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabariga ko‘ra, kuni kecha qo‘mitaga Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra vazirligi tomonidan HAJ-2020 mavsumiga tayyorgarlikni kechiktirib turish bo‘yicha rasmiy murojaat kelib tushdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» kanalida ma’lum qilindi.

Unda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq noxush vaziyat butun dunyoni tashvishga solayotgani, xususan, Saudiya Arabistoni Podshohligida ham hukumat keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘layotgani, shu munosabat bilan dunyo mamlakatlaridan Umra amalini bajarish uchun tashrif buyuradigan ziyoratchilarning mamlakat hududiga kirishi vaqtinchalik to‘xtatilgani hamda hozircha HAJ-2020 tashkiliy ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kutib turish qaroriga kelingani ma’lum qilingan.

Saudiya Arabistoni Podshohligi rahbari qarori asosida HAJ-2020 mavsumining tashkiliy tadbirlarini vaqtincha to‘xtatib turish va vaziyat barqarorlashishini kutish maqsadga muvofiq deb topilgan.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmasa, joriy yilda Haj safariga borishni rejalashtirgan va navbati yetib kelgan fuqarolarning navbatlari to‘liq saqlanib qolinadi va keyingi yilga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra ziyoratining vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring