Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi

Rasman: Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

«Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Prezident farmoniga muvofiq, 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11-iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12-iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring