Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: Rishi Sunak Buyuk Britaniya bosh vaziri

Rasman: Rishi Sunak Buyuk Britaniya bosh vaziri

Rishi Sunak qirol Charlz Uchinchidan mandat olgan holda rasman Britaniya Bosh vaziri lavozimini egalladi.

Sunak Britaniyaning yil boshidan beri uchinchi bosh vaziri va 200 yildan ortiq vaqt ichidagi eng yosh hukumat rahbari hisoblanadi.  Avvalroq, u Konservatorlar partiyasi lideri etib saylangan edi.

Sunak Boris Jonson hukumatida bir muddat moliya vaziri lavozimida ishlagan.

Bundan oldingi mamlakat bosh vaziri Liz Trass esa iste’foga chiqdi. Uning iste’fosi ham bugun, 25-oktyabr kuni Buyuk Britaniya qiroli tomonidan qabul qildi.

Trass hukumat rahbari lavozimida bor-yo‘g‘i yetti hafta ishladi, xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring