Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real Madrid» ukrainaliklarga yordam berdi

«Real Madrid» ukrainaliklarga yordam berdi

Foto: Realmadrid.com

«Real Madrid» jamoasi xayriya aksiyasi o‘tkazib, urushdan jabr ko‘rgan ukrainaliklar uchun pul to‘pladi.

«Hammasi Ukraina uchun» xayriya kampaniyasi urush tufayli vatanini tark etishga majbur bo‘lgan ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun tashkil etilgan.

«Qirollik klubi» ushbu maqsadlar uchun 1 mln yevrodan ortiqroq mablag‘ to‘planganini ma’lum qildi. Klub rasmiy sayti xabar berishicha, bu pullarga qochqinlar uchun oziq-ovqat, dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak, karvot va boshqa birinchi ehtiyoj buyumlari xarid qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring