Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Referendumga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Referendumga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Markaziy saylov komissiyasida referendumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda 2 ta masala ko‘rib chiqilgan.

Kun tartibidagi birinchi masala «O‘zbekiston Respublikasi referendum okruglari va okrug komissiyalari to‘g‘risida»gi, ikkinchi masala «O‘zbekiston Respublikasi referendum uchastkalari hamda uchastka komissiyalari to‘g‘risida»gi nizomlarni tasdiqlash bo‘lgan.

«Bizning bugungi kundagi eng muhim vazifalarimizdan biri referendumga tashkiliy jihatdan puxta tayyogarlik ko‘rish ishlarini jadallashtirishdan iboratdir», degan MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi chog‘ida umumxalq referendumi o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring