Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Reyd davom etadi. Karantin qoidasini buzgan 31 haydovchi jarimaga tortildi (foto)

Reyd davom etadi. Karantin qoidasini buzgan 31 haydovchi jarimaga tortildi (foto)

Joriy yilning 1 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘ining Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan, Karantin qonun qoidalari talablari fuqarolarimiz va haydovchilarimiz tomonidan qanchalik darajada bajarilayotganligi tekshirish maqsadida, viloyat IIB YHXB YPXO 1-safarbar guruhi xodimlari, Milliy Gvardiya va DSENM mas’ul xodimlari ishtirokida nazorat tadbiri oldidan yo‘riqnoma berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Yo‘riqnoma vaqtida mayor A.To‘rayev tomonidan tadbir ishtirokchilariga fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishlari, qoidabuzar piyoda va haydovchilarga nisbatan qay tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi. Nazorat tadbiri davomida Termiz shahri hududida tegishli ruxsatnomalar olmasdan ko‘chalarda harakatlanib yurib, karantin qoidalarini buzganligi sababli 31 nafar haydovchiga nisbatan qonun doirasida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, me’yoriy hujjatlari to‘liq bo‘lmagan va qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarning avtomashinalari vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

Nazorat tadbirlari davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring