Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya bir kunda Ukrainaga 120 dan ortiq raketa uchirdi

Rossiya bir kunda Ukrainaga 120 dan ortiq raketa uchirdi

Bugun Rossiya Ukrainaga yangi raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Ukraina rahbari devonining maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

Raketa hujumi 29-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Podolyakning qayd etishicha, bu muhim infratuzilmani yo‘q qilish va tinch aholini ommaviy ravishda o‘ldirish maqsadida amalga oshirilgan.

«Biz «tinchlikparvarlar»ning keyingi takliflarini va provokatsiyalarning nomaqbulligi haqidagi bayonotlarini kutamiz», — deydi Podolyak.

Ukraina bo‘ylab havo ogohlantirishi e’lon qilinganidan so‘ng, mamlakatning eng yirik shaharlari - Kiyev, Xarkov, Lvovda, shuningdek, bir qator viloyatlarda portlashlar sodir bo‘lgan.

Ukrainskaya pravdaning yozishicha, Kiyevning turli tumanlarida bir-ikkita portlash ovozi eshitilgan. Kiyev shahar harbiy ma’muriyati bu havo hujumidan mudofaa ishi ekanligini ta’kidladi. Biroq poytaxtning Darnitskiy tumanida raketa parchalari xususiy bino va avtomobilga zarar yetkazgan va yong‘in boshlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevda 4 kishi jarohat olgan. Hammasi bo‘lib Kiyev osmonida 16 ta raketa urib tushirilgan.

Ukraina viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Maksim Marchenkoga ko‘ra, Odessa viloyati osmonida 21 ta raketa urib tushirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring