Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Moldova elchisini mamlakatdan chiqarib yubordi

Rossiya Moldova elchisini mamlakatdan chiqarib yubordi

Kecha, 9-noyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Kishinyovning harakatlariga javob tariqasida Moldova elchixonasi xodimini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.

Ma’lum qilinishicha, 9-noyabr kuni Moldova elchisi Lilian Dariy vazirlikka chaqirilgan, unga respublikaning Moskvadagi elchixonasi xodimini persona non grata deb e’lon qilgani yuzasidan norozilik notasi topshirilgan.

Joriy yilning oktyabr oyi oxirida Moldova respublika hududiga raketa qulagani uchun Rossiya elchixonasi xodimini mamlakatdan chiqarib yuborgan edi. Mamlakat rasmiylari Ukraina energetika ob’yektlarining o‘qqa tutilishi Moldovaning energetik xavfsizligiga tahdid solayotganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 31-oktyabr kuni Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan raketa respublika hududiga qulagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring