Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya: O‘zbekistonliklarga kelgan chaqiruv qog‘ozlariga oid vaziyatga izoh berildi

Rossiya: O‘zbekistonliklarga kelgan chaqiruv qog‘ozlariga oid vaziyatga izoh berildi

Rossiyaning Oryol shahri harbiy komissarligi O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashish uchun chaqiruv qog‘ozi olgan vaziyatga izoh berdi.

Oryol harbiy komissari Vladimir Alekxinning bildirishicha, haqiqatda «EkoSiti» AJ korxonasining 50 nafar ishchisiga 25-oktyabr kuni harbiy komissarlikka yetib kelish majburiyati bilan chaqiruv qog‘ozlari yuborilgan. Belgilangan kuni harbiy komissariatga 26 nafar ishchi-xodim yetib kelgan. Ularning 23 nafari chet el fuqarolari bo‘lgan.

Korxona ishchilaridan Rossiya fuqarosi bo‘lgan va o‘sha kuni chaqiruv qog‘ozi yuborilgan 27 nafar fuqarodan uch nafarigina – «B» toifali (ayrim cheklovlar bilan xizmatga yaroqli), sog‘lig‘idan shikoyati bo‘lgan va ikki kundan so‘ng yetib kelgan fuqarolar harbiy komissariatga kelgan.

Xorijlik fuqarolar, jumladan o‘zbekistonliklar ham hujjatlari tekshirilgandan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin mazkur korxona ishchilari safarbarlik to‘g‘risidagi chaqiruv qog‘ozi olgani va ularning aksariyati o‘zbekistonliklar ekani aytilgan va ularning Prezidentga murojaati e’lon qilingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring