Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya o‘zini o‘zi yo‘q qiluvchi yo‘ldosh yaratadi

Rossiya o‘zini o‘zi yo‘q qiluvchi yo‘ldosh yaratadi

Foto: «RIA Novosti»

Koinotda o‘zini o‘zi yo‘q qiluvchi yo‘ldosh ixtirosi uchun «Roskosmos» davlat korporatsiyasi iyul oyi oxirida patent oldi. Unga tegishli axborot Federal xizmat intellektual mulk bazasida mavjud. Bu haqda «REGNUM» xabar berdi.

Patent olish talabnomasiga ko‘ra, yangi kosmik apparat ekspluatatsiya muddati tugaganda yoki buzilib qolganda Yerdan o‘zini o‘zi yo‘q qilishga signal oladi. Shundan so‘ng u «bug‘lanib» ketadi hamda yer yaqinidagi orbitaga joy bo‘shatadi. Bu orqali u koinotda chiqindi miqdorini kamaytiradi.

Loyihaga ko‘ra, yo‘ldoshning «bug‘lanishi» uning qizishi va sublimatsiyasi tufayli sodir bo‘ladi, ya’ni qattiq holatdan gazsimon materialga aylanadi: kosmik apparatni ana shunday materialdan tayyorlash rejalashtirilmoqda. Bunda apparat muddatidan oldin parchalanib ketmasligi uchun maxsus plyonka bilan qoplash ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash kerakki, koinotdagi chiqindi muammosi allaqachon olimlarni xavotirga solayotgan mavzuga aylangan. «Roskosmos» ekspertlari 2016-yildayoq agar chora ko‘rilmasa, yaqin 100—200 yilda yer yaqinidagi butun orbita kosmik chiqindiga to‘lib-toshib ketadi degan xulosaga kelishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring