Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya qishloqlaridagi «alkash»lar soni 7 foizga oshgan

Rossiya qishloqlaridagi «alkash»lar soni 7 foizga oshgan

Rossiyada qishloq aholisining spirtli ichimliklarga qaramligi joriy yilda 7 foizga oshgan.

Bu haqda RF Sog‘liqni saqlash vazirligining bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish, akusherlik va sog‘liqni saqlash xizmati departamenti direktori Yelena Sheshko ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, bu yomon odat tufayli aholi orasida ruhiy kasalliklar soni ham 6 foizga oshgan.

«Afsuski, qishloq aholisining spirtli ichimliklar tufayli o‘lim darajasi oshib bormoqda. Bir yil ichida ruhiy kasalliklar qishloq aholisi orasida 6 foizga oshdi. Qishloqda spirtli ichimliklarga qaramlilik sindromi esa 7 foizga oshdi», – deydi u.

Uning ma’lum qilishicha, qishloq ayollari orasida ham ichkilikbozlikka ruju qo‘yish 7 foizga oshgan.

Sheshko, shuningdek, 2021-yilda bolalarning deyarli 30 foizining o‘limiga tashqi omillar sabab bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

«Masalan, ota-onalar spirtli ichimliklarga bog‘lanib qolgani uchun farzandlariga yetarlicha e’tibor berishmayapti», – deydi u.

Departament direktori so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 2008-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda alkogol iste’moli aholi jon boshiga yiliga 15,7 litrdan 9 litrgacha kamaygan va bu erkaklar o‘rtasida ichkilikbozlikdan o‘lim holatlarini 39 foizga, ayollar orasida esa 36 foizga kamaytirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring