Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni oshirish niyatida» – Aleksandr Novak

«Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni oshirish niyatida» – Aleksandr Novak

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki bozorlariga gaz yetkazib berish hajmini oshirish niyatida. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Biz Qozog‘iston va O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan ularning ichki bozoriga gaz yetkazib berish hajmining o‘sishini muhokama qilmoqdamiz, chunki ularning iste’moli ortib bormoqda», – deydi Aleksandr Novak.

Bundan tashqari, Novak Rossiya Ozarbayjon bilan o‘zining ichki iste’moli uchun gaz yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib olganini va kelajakda svop yetkazib berishni muhokama qilishi mumkinligini aytdi.

Novakning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy Rossiyadan keladigan quvur gazining asosiy iste’molchisi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring