Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukraina bilan chegarada yadroviy sinovlar o‘tkazishi mumkin

Rossiya Ukraina bilan chegarada yadroviy sinovlar o‘tkazishi mumkin

NATO harbiy alyansga a’zo davlatlarni Rossiya Ukraina bilan chegarada yadroviy sinovlar o‘tkazishi va shu orqali ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga tayyorlanayotganini namoyish  qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda yuqori martabali mudofaa manbalariga tayanib The Times nashri yozmoqda.

Nashr manbasi Shimoliy Atlantika alyansi Qora dengizdagi yadroviy sinovlar ssenariysi Ukrainada taktik yadro qurolidan foydalanish ehtimolini oshirishiga ishonch bildirmoqda.

Nashr esa bu Ukraina bilan chegaradagi sinovlardan talofatliroq bo‘lishi, Ukraina bilan chegaradagi sinovlar esa hatto Rossiyadagi shaharlarga ham ziyon keltirishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

«Shu jumladan, Rossiyaning o‘zi uchun katta xavf-xatarlarga to‘la ekanligiga qarmay, ikkinchi ssenariy ham «istisno qilinmayapti», – deb yozadi Times.

Avvalroq Rossiya TIV G‘arbning Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashi yadroviy kuchlar to‘qnashuvini keltirib chiqarishi ehtimoli haqida ogohlantirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring