Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya xorijlik talabalar uchun kvotalarni oshiryapti

Rossiya xorijlik talabalar uchun kvotalarni oshiryapti

Rossiya hukumati 2023-yilda chet ellik talabalar uchun kvotalar sonini oshirdi. Bu haqda Rossiya ta’lim va fan vaziri Valeriy Falkov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, kelgusi o‘quv yilida joriy yildagiga nisbatan kvotalar soni ikki baravar oshiriladi, ya’ni 15 mingdan 30 mingga yetkaziladi.

Valeriy Falkovga ko‘ra, 2022-yil 1-oktyabr holatiga ta’limning barcha darajalari bo‘yicha Rossiya universitetlarida 362 mingdan ortiq kishi tahsil oladi. Bir yil avval xorijlik talabalarning umumiy soni 347 ming kishidan ortiq bo‘lgan.

Rossiya oliy o‘quv yurtlariga eng ko‘p talabgorlar Misr, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Belarusiyadan kelgan abituriyentlar hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring