Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbek muhojirlarini urushga safarbar qilishmoqchi (video)

Rossiyada o‘zbek muhojirlarini urushga safarbar qilishmoqchi (video)

Rossiyaning Oryol shahridagi chiqindilarni qayta ishlash kombinati – «EkoSiti» AJda mehnat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar safarbarlik uchun chaqiruv olishdi. Harbiy xizmatga chaqirilganlar 50 kishi bo‘lib, ularning yarmi O‘zbekiston fuqarolaridir. Bu haqda korxona rahbari Yuriy Paraxin ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, korxona faoliyatini bir smenaga qisqartirishi va 50 nafar ishchisini urushga safarbar qilish kerak bo‘lgan.

– Kecha korxonamizning aksariyat erkak xodimlari chaqiruv qog‘ozi oldi. Vaholanki, biz sentyabr oyida bir qator yuqori malakali mutaxassislarni ishda olib qolish bo‘yicha hujjatlarni ham topshirganmiz. Chaqiruv qog‘ozi, hatto, migrantlarga – do‘st davlatlar fuqarolariga ham yuborilmoqda. A, bu odamlar urushda qatnashgani uchun o‘z mamlakatlarida jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu, ehtimol, anglashilmovchilikdir. Holatga huquqiy baho berilishi kerak. Men Oryol viloyatida safarbarlikni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan gubernator Andrey Klichkov haqiqatan ham korxonamizni yoqtirmasligini va agar yuqoridagi holat ongli ravishda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu pastkashlik ekanligini bilaman, – deydi Yuriy Paraxin.

O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan korxona ishchilari videomurojaatda Prezident Shavkat Mirziyoyevdan mavjud vaziyatni tartibga solishda yordam so‘ramoqda.

Viloyat harbiy komissarligi bu holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring