Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning neft tankerlari g‘oyib bo‘lmoqda

Rossiyaning neft tankerlari g‘oyib bo‘lmoqda

So‘nggi 10 kun ichida kamida uchta neft tashuvchi tanker radar kuzatuv tizimlaridan g‘oyib bo‘lib qoldi. Oxirgi marta kemalar Portugaliyadan uncha uzoq bo‘lmagan Azor orollari yaqinida bo‘lgan, deb xabar bermoqda Bloomberg. Radarlardan Osiyoga yo‘l olgan tankerlar ham g‘oyib bo‘la boshlagan.

Qayd etilishicha, Azor orollari yaqinida tankerlar neftni boshqa kemalarga o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.

Jurnalistlarning taxminiga ko‘ra, Rossiyaga qarshi keng qo‘llanilayotgan taqiqlar fonida ba’zi xaridorlar yoqilg‘ini yashirin holda sotib olishayotgan bo‘lishi ehtimoli bor. Bunday usulni avval sanksiyalarga uchragan Eron va Venesuela neft tashuvchilari qo‘llashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring