Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rus qo‘shinlari Xarkovdagi yotoqxonaga havo hujumi uyushtirdi (video)

Rus qo‘shinlari Xarkovdagi yotoqxonaga havo hujumi uyushtirdi (video)

Kecha, 17-avgust kuni rus qo‘shinlari Xarkovning Saltovskiy tumanidagi yotoqxonaga hujum qildi. Mahalliy hokimiyat bergan ma’lumotga ko‘ra, aviazarba oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki nutqida bu hodisani «tajovuzkorning ojizligini ko‘rsatadigan tinch aholiga nisbatan ayovsiz va pastkashlarcha qilingan zarba» deb atadi.

«Xarkovning Saltovkasi og‘riqli joyimiz bo‘lib qolyapti. Butun Ukraina uchun, Xarkov uchun og‘riqli... Yotoqxonaga aviazarba berildi... Bino butunlay vayron bo‘ldi. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot to‘playapmiz», – degan Volodimir Zelenskiy.  

U, shuningdek, «kechirmaymiz, biz qasos olamiz», deya qo‘shimcha ham qilgan.

Ma’lumot uchun, Ukraina rahbari bugun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Zaporoje atom elektr stansiyasidagi vaziyat bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarga hozirlik ko‘rmoqda. Antoniu Guterrish allaqachon Ukrainaga yetib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring