Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi

Foto: «elgezit.kg»

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, prezidentga rasmiy tashriflar yuzasidan ko‘plab takliflar kelib tushgan. Biroq, davlat rahbari birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlarga bormoqchi.

Ruslan Kazakbayevning so‘zlariga ko‘ra, Japarov O‘zbekistondan keyin Xitoy, Tojikiston va Turkmanistonga ham safar qilishni rejalashtirmoqda.

Bunga qadar esa u Rossiya  va Qozog‘istonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring