Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «O‘qituvchilarga ortiqcha ish yuklaydiganlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi»

Saida Mirziyoyeva: «O‘qituvchilarga ortiqcha ish yuklaydiganlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi»

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Saida Mirziyoyeva «Zakovat» intellektual olimpiadasi yakunida har bir zakovatchi ortida turgan ustozlar haqidagi fikrlarini bildirdi.

«Afsuski, farzandlarimizga ta’lim berayotgan o‘qituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz bo‘ldi. Ulardan bog‘bon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda bo‘sh zallarni to‘ldiruvchi «massovka», matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi.

Endi bu ishlarni to‘xtatish vaqti keldi. Chunki o‘qituvchilar qadrini ko‘tarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz.

O‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti», dedi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Qarshi davlat universiteti intellektual olimpiadaning birinchi g‘olibi bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring