Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida ish boshladi

Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida ish boshladi

Prezident farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi.

Ushbu sho‘’ba yangidan tuzilgan bo‘lib, Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas’ul o‘rinbosari tizimi tarkibiga kiradi.

Shuningdek, S.Sh.Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.

Ma’lum qilinishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi Saida Mirziyoyeva ko‘p yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020-yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari, 2020-yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.

«Uning faoliyati davomida so‘z erkinligini ta’minlash, vazirlik va idoralarning ochiqlik siyosati, matbuot xizmatlarini joriy etish, madaniyat sohasini rivojlantirish va gender tenglik masalalari bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirildi», deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva bunga qadar Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring