Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Moskvadan rektor keldi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Moskvadan rektor keldi

Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Yangitdan tashkil qilingan Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga rektor tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabar qilinishicha, ushbu vazifaga 1958 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, shu paytgacha Rossiyadagi Moskva viloyati davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti dekani vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Yunusov Xudoynazar Beknazarovich tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Xudoynazar Yunusov biologiya fanlari doktori, professor hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring