Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand xalqaro aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi

Samarqand xalqaro aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi

O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida, 2022-yil 1-oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

«Ochiq osmon» rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.

Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.

Joriy yilning 1-oktyabr sanasidan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartibning joriy etilganligi to‘g‘risida chet el aviatsiya ma’muriyatlari o‘rnatilgan tartibda xabardor etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring