Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 18 yoshli talaba qiz halok bo‘ldi

Samarqandda 18 yoshli talaba qiz halok bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani «O‘zbekiston»  mahallasida yashagan 18 yoshli qiz D.O. (oliy ta’lim muassasasi talabasi) halok bo‘ldi.

Hodisa joriy yilning 10 mart kuni soat 21:25 larda sodir bo‘lgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, qiz o‘z joniga qasd qilgan.

Marhumaning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring