Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda 5G tarmog‘i test qilinmoqda

Samarqandda 5G tarmog‘i test qilinmoqda

Samarqand turizm markazida 5G tarmog‘ini test qilish boshlangan. Bu haqda AKT vaziri ma’lum qildi va internet tezligi skrinlarini ulashdi.

«Ushbu markaz nafaqat xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan va turistlar yaxshi dam oladigan joy bo‘lmoqda, balki O‘zbekistonda birinchi marotaba barcha mobil operatorlar hamkorlikda antenna infratuzilmasini bitta machtada ko‘tarib, binolar ichida ham Active DAS tizimini hamkorlikda ishlatib, yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar ko‘rsatishlariga imkon yaratilmoqda», – deya qayd etdi vazir.

Sherzod Shermatov bu xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha joriy yilda qabul qilingan Prezident qarori bilan mobil operatorlar uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar sababli amalga oshirilayotganini ta’kidlaydi.

«24-27 oktyabr kunlari bu yilgi AKT haftaligi aynan ushbu Samarqand turizm markazida o‘tkazilishi kutilmoqda, rejangizga kiritib qo‘ying», – deya eslatmoqda soha rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring