Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bank yuristi pora bilan ushlandi

Samarqandda bank yuristi pora bilan ushlandi

Foto: Samarqand viloyati IIB

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi hamda prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatdagi banklarning birida bo‘lim yuristi lavozimida ishlovchi, oqdaryolik 42 yoshli T.Sh. bank bilan mijozlar o‘rtasidagi muammoli vaziyatlarda ishni fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olib kelganligi aniqlangan.

Xususan, T.Sh. mahalliy fuqaroning kredit masalalari bo‘yicha davlat boji va sud ishini hal qilib berish evaziga 3000 AQSh dollarini pora sifatida talab qilib, oldindan 1050 AQSh dollarini olgan hamda tezkor tadbir chog‘ida qolgan 1950 AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring