Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ikki qiz ishtirokida «romantik kecha» tashkil qilgan o‘smir el oldida sharmanda bo‘ldi

Samarqandda ikki qiz ishtirokida «romantik kecha» tashkil qilgan o‘smir el oldida sharmanda bo‘ldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

2020-yilning 16-oktyabr kuni kechasi Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ota-onasi uyda yo‘qligidan foydalanib «romantik oqshom» o‘tkazishni reja qilgan o‘smir bir emas, ikki nafar juvonni uyiga olib keladi. Bu haqda «Bu kun» dasturida ma’lum qilindi.

Ko‘ngilxushlik qilish uchun chaqirilgan qizlar mezbon o‘smirning uxlab qolganidan foydalanib o‘g‘rilik sodir etdi. Ular xonadondan 15 mln so‘mlik tilla taqinchoqlar va $1300 dollarni o‘g‘rilab ketishadi.

«Sayoq yursang, tayoq yeysan degani rost ekan. Men bir romantik oqshom qilmoqchiydim. Burnimdan chiqdi. Yoshlarga, tengqurlarimga tinchgina yurishlarini so‘rayman. Oqshomni yaxshi o‘tkazaman deb, el-yurt oldida, do‘stlar oldida sharmanda bo‘ldim», — dedi o‘smir.

Qizlarga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring