Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda kaltaklangan bola videosi yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda

Samarqandda kaltaklangan  bola videosi yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda

Skrinshot

Joriy yilning 30-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Hazora mahallasida  kaltaklangan fuqaro videosi tarqaldi.

Mazkur video tarqalganidan so‘ng Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borgan.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro U.H. onasini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, gaplariga quloq solmasdan, alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishga ruju qo‘ygan. Shu sababli U.H.ning onasi qarindoshi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro I.H.ga o‘g‘lini tarbiyalash va to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, mazkur video 2019-yilning avgust oyi o‘rtalarida olingan bo‘lib, I.H. qarindoshi U.H.ni Spitamenshoh ko‘chasida joylashgan temirchilik ustaxonasiga olib borib, u yerda ukasi 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro I.I. bilan birgalikda turli jismlar ya’ni, velosiped g‘ildiragining charmi va arqon bilan urib do‘pposlagan.

I.I. o‘zi bilan birgalikda ustaxonada ishlovchi 2004-yilda tug‘ilgan S.B.ga ushbu holatni videotasvirga olishini aytgan.

Mazkur videoni 2019-yilning oktyabr oyida 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro F.K. videotasvirdagi qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rilishi uchun Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida tarqatib yuborgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring