Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda «Malibu»ning uch yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Samarqandda «Malibu»ning uch yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

Samarqandda mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

2020-yilning 1-iyul kuni soat 12:00 da Samarqand tumani Andijon mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1095 kilometrida 51 yoshli T.T.ning boshqaruvida bo‘lgan «MAN» rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida bo‘lgan «Malibu» rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi natijasida «Malibu» ning yo‘lovchilari – 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli J.S. (ayol) va 48 yoshli A.A.lar olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etishdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring