Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda menejer tadbirkorni 173 mln so‘mga tushirdi

Samarqandda menejer tadbirkorni 173 mln so‘mga tushirdi

Samarqand shahrida tadbirkorning mablag‘ini talon-toroj qilgan menejer aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.T.» MChJning Samarqand viloyati bo‘yicha menejeri J.J. va boshqalar 2022 yilning avgust-oktyabr oylarida xorijda ishlab chiqarilgan elektron tamaki mahsulotlarini yuk xatlari bilan qabul qilib olib, ushbu mahsulotlar sotuvidan tushgan 173 mln  so‘m naqd pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring