Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Nexia-3 bino yerto‘lasiga tushib ketdi

Samarqandda Nexia-3 bino yerto‘lasiga tushib ketdi

Samarqand shahrida Nexia-3 yangi qurilayotgan binoning yerto‘lasiga tushib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 7 mart kuni soat 21:40 da Sadriddin Ayniy ko‘chasida harakatlanayotgan Nexia-3 boshqaruvi yo‘qotilishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonida qurilish ishlari olib borilayotgan binoning yerto‘lasiga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi yengil tan jarohat olgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilib, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uyiga ketishga ruxsat berilgan.

Holat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring