Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi bog‘chadan go‘sht o‘g‘irlayotgan bosh oshpaz va mudira ishdan haydaldi

Samarqanddagi bog‘chadan go‘sht o‘g‘irlayotgan bosh oshpaz va mudira ishdan haydaldi

Tarmoqda Samarqanddagi bog‘chada mudira pishgan go‘shtlarni o‘g‘irlab ketayotgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi holat sabab munosabat  e’lon qildi. 

Aniqlanishicha, Paxtachi tumanida joylashgan 28-sonli MTTda bosh oshpaz O‘.A. pishirilgan 4,7 kg go‘shtni olib kirxonaga yashirib, so‘ngra kirxona derazasidan MTT xo‘jalik mudirasi M.E.ga berganini va M.E. pishgan 4,7 kg go‘shtni MTT hovlisidan olib chiqib ketayotganda, MTT tarbiyachilari N.N. hamda M.U.lar uni ushlab, holatni videoga olishgan.

Shundan so‘ng, O‘.A. hamda M.E. bilan suhbat o‘tkazilganda, bu ishlarni doimo MTT direktori Sh.U.ning topshirig‘i va ko‘rsatmasiga asosan qilganini, haqiqatdan ham MTT tarbiyachilarining aytgan gaplari va ular tomonidan olingan videolavhalar to‘g‘ri ekanligini o‘z tushuntirish xatlarida bayon qilishgan.

Shundan so‘ng, bosh oshpaz O‘.A. va xo‘jalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring