Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik tadbirkor Afg‘onistonda savdo markazi ochdi

Samarqandlik tadbirkor Afg‘onistonda savdo markazi ochdi

Samarqand tumanidagi Navobod naslli parranda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Haydar O‘roqov Afg‘onistonda savdo markazi ochgani haqida ma’lum qilgan.

Ayni paytda fermer xo‘jaligida 500 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Bu yerdagi parrandalar soni 300 mingtaga yetgan. Xo‘jalik tomonidan ichki bozorga naslli broyler jo‘jalar, parranda go‘shti, parranda uchun omixta yem mahsulotlari yetkazib berilyapti.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida 13,5 million AQSh dollari miqdorida parranda go‘shti va omixta yem Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston hamda Qozog‘istonga eksport qilingan.

«Deyarli barcha viloyatlarda savdo markazlarini tashkil etganmiz va aholi xonadonlari uchun bir kunlik naslli broyler jo‘jalar ham yetkazib berilmoqda. Yaqinda qo‘shni Afg‘onistonda savdo markazimizni ochdik. U yerda naslli jo‘jalar va parranda uchun omixta yem sotuvi yo‘lga qo‘yilgan», degan O‘roqov.

Aytilishicha, fermer xo‘jaligining 105 gektar yerda tokzori ham bor. Bunda yetishtirilayotgan oq kishmish navli uzum qayta ishlash sexida zamonaviy texnologiya asosida quritilib, qadoqlangan holda eksportga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring