Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sardoba ishi» bo‘yicha 170 nafar shaxs so‘roq qilindi - Bosh prokuratura

«Sardoba ishi» bo‘yicha 170 nafar shaxs so‘roq qilindi - Bosh prokuratura

Foto: Xalqaro press klub

Xalqaro press-klubning Sardobadagi falokatga bag‘ishlangan sessiyasida falokat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan axborot berildi.

Sessiyada ishtirok etayotgan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, Sardobadagi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sardobadagi ob’yekt buyurtmachisi - «Sirdaryo qurilishinvest» DUK. Bu sobiq Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «15-sonli qurilayotgan ob’yektlar birlashgan direksiyasi» bo‘la turib, bosh pudratchi sifatida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» DUK qatnashgan. Qurilish ishlariga 28ta subpudratchilar jalb etilgan. Loyihachi sifatida «Uzgip» MChJ ishtirok etgan, loyihasi qiymati 1,2 trln so‘mni tashkil qilgan. Moliyalashtirish manbasi budjet mablag‘lari hisobidan bo‘lgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil qilingan. Jinoyat ishi bo‘yicha quyidagi asosiy tergov taxminlari, ya’ni versiyalar oldinga surilib, tekshirilmoqda:

1.Loyihalashdagi xatoliklar.
2. Qurilish me’yorlariga rioya etmaslik.
3. Ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar.
4. Tabiiy ofat.

«Tergov taxminlarini tekshirish maqsadida, dastlabki tergov davomida jami 170 nafardan ziyod shaxslar tergov guruhi a’zolari tomonidan guvoh tariqasida so‘roq qilinib, suv omborini loyihalashtirish, qurilishi va ekspluatatsiya qilish jarayonlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar olindi. Jinoyat ishi doirasida 10tadan ortiq ekspertiza va laboratoriya tahliliy tadqiqotlar tayinlandi», dedi Bosh prokuratura mas’uli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring