Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umrzoqovga hududlarda yordamchilar tayinlanadi

Sardor Umrzoqovga hududlarda yordamchilar tayinlanadi

Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tashkil etildi. Bu borada prezident farmoni qabul qilindi.

Ular bevosita o‘zlari biriktirilgan hududlarda ishlaydi va administratsiyaning hududlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasini ta’minlaydi.

Hududlarda administratsiya yordamchilari faoliyat boshlashidan tashqari, Xalq qabulxonalari xodimlariga ta’sirchan chora sifatida davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha qonunbuzilishlar yuzasidan ma’muriy bayonnomalar tuzish va sudga yuborish huquqi berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring