Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sariosiyoda o‘qituvchilarning maoshiga «chang solindi»

Sariosiyoda o‘qituvchilarning maoshiga «chang solindi»

Foto: Prokuratura

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida xalq ta’limi tizimidagi xodimlarning ikki oylik maoshi talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, tezkor ma’lumotlar va to‘plangan hujjatlarga asosan  departament tomonidan  o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ATB «Qishloq qurilish bank» tuman filiali bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh.va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida tuman xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan 2019-yil dekabr va joriy yilning yanvar oyi uchun ish haqlari va avans pullari hisobidan jami 1,2 mlrd so‘m pul mablag‘larini bank kassasidan olishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishib, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida o‘zlashtirilgan 1,2 mlrd so‘m budjet pul mablag‘lari departament tashabbusi bilan undirilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring