Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onlarning dardli qo‘shig‘i yoxud sarzamin — Vatan degani

Afg‘onlarning dardli qo‘shig‘i yoxud sarzamin — Vatan degani

Sarzamin so‘zi forschada Ona vatan degani. Afg‘onistonda bir necha millat yashaydi. Lekin forschani deyarli hamma biladi.

Sarzaminiman xasta-xasta az jafoi,

Sarzaminiman, besurudu, besadoi,

Sarzaminiman dard mani bedavoi

Bugun yer yuzining qaysidir burchagida yashayotgani ham, mamlakat ichida qolganlari ham, dunyoviy dunyoqarashga moyil 40 yoshgacha bo‘lgan har bir afg‘onistonlik ana shu qo‘shiqni yoddan biladi.

«Jafolardan xasta bo‘lgan Vatanim, qo‘shig‘i va navolari yo‘qolgan Vatanim, dardi boru, davosi yo‘q Vatanim...»

Afg‘onistonning o‘zida qolganlar ichida ham ehtimol bu qo‘shiqni ichida aytuvchilar topilar.

2021-yil 15-avgust. Kobul. Afg‘onistonda «Tolibon» qudratga keldi.

2021-yil  27-avgust. Hayraton ko‘prigi. 27 yoshli talaba yigit qo‘lidagi jomadonini yerga qo‘yadi-da bag‘rini tilgudek «Sarzamini man» deb kuylay boshlaydi. Bu hech bir filmdan parcha emas. Shundoqqina Hayraton ko‘prigi ustida, O‘zbekiston hududiga kiraverishdagi suhbatimiz oldidan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan manzara...

Uning yoniga amakivachchasi Shohruh kelib qo‘shiladi, keyin qo‘lidagi bolasi bilan Shohruhning ayoli shoshib kelib jo‘r bo‘ladi. «Darbadar bo‘ldik, qayerda bo‘lmaylik, qalbimizdasan...» 

Keyin musiqa sokinlashadi. Go‘yoki, bugun-erta hayotdan ko‘z yumadigan onasini erkalayotgan farzandning nolalaridek so‘z va ohang uyg‘unlashadi: «o‘zing yagonamsan», «qayerda bo‘lmay qalbimdasan», «qaytar yo‘limsan»...

Forsiy til Eronda ham, Tojikistonda ham qo‘llaniladi. Bu mamlakat farzandlari ham muhojirlikda yurganda aynan qo‘shiqni kuylashgan. Lekin afg‘onistonliklar ijrosidagi «Sarzamini man» eng dardli kuylangan. Yutubda aynan shu turli ijrochilar tomonidan eng ko‘p marta qo‘yilgan va tomosha qilingan vaqt o‘tgan yilning avgust, sentyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Qo‘shiq vatan sevgisini madh etadi.

«Tolibon» o‘zgarishni va’da qilyapti. Ilohim, o‘zgarishlari san’at bilan ham bog‘liq bo‘lsin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring