Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Saylovchilarga eng kerakli ma’lumotlar

Saylovchilarga eng kerakli ma’lumotlar

Ertaga bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis hamda mahalliy kengash deputatligi uchun saylovlarda saylovchilar uchun eng kerakli ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildim:

  • ovoz berish ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 ga qadar davom etadi;
  • o‘zingiz bilan pasport yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olishni unutmang;
  • agar haligacha qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingizni bilmasangiz, unda http://elections.uz/uz/site/polling-station manziliga kirib, tug‘ilgan sana va pasport raqamini kiritgan holda ertaga ovoz beradigan uchastkangizni aniqlashingiz mumkin;
  • saylov byulletenini yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida yolg‘iz o‘zingiz to‘ldirasiz;
  • ovoz berish uchun o‘zingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga «➕» yoki «✔️» yoxud «✖️» belgisini qo‘yishingiz kerak;
  • to‘ldirgan saylov byulleteningizni saylov qutisiga tashlaysiz. O‘zingiz bilan esdalik uchun olib ketib qolmang;
  • mabodo byulletenni buzib qo‘ysangiz, unda yangisiga almashtirib berishni iltimos qilishingiz mumkin;
  • istalgan nomzodingizga ovoz berishingiz yoki hech kimga ovoz bermasligingiz mumkin (faqat imkoni bo‘lsa, byulletenni bo‘sh qoldirmang);
  • saylovga borish ham majburiyat emas, huquq. Ammo avval ko‘p bora ta’kidlaganimizdek, albatta saylovga borish hamda nomzodlar orasida eng munosibi yoki nisbatan yaxshirog‘iga ovoz berishingiz tavsiya etiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring