Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sayyor qabullarda aholidan kelib tushgan har bir murojaat Prezident administratsiyasi nazoratida turadi

Sayyor qabullarda aholidan kelib tushgan har bir murojaat Prezident administratsiyasi nazoratida turadi

Bu haqda Navoiy viloyati Nurota tumani aholisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi hamda viloyatdagi Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan tashkil etilgan ommaviy sayyor qabul davomida aytib o‘tildi.

Mazkur qabul viloyat markazidan  240 km uzoqlikda joylashgan Nurota tumanining «Temirqovuq»  mahalla fuqarolar yig‘inida «Temirqovuq», «Chuqurquduq», «Cho‘pon ovul», «Qo‘ziboy quduq» qishloqlari  hamda «Sentop» va «Kattasoy» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun tashkil etildi. Unda 300dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, mahalliy aholi uchun dolzarb bo‘lgan 100 ga masalalar bilan murojaat etdi va o‘z yechimini topdi.

Hususan, shulardan biri Nurota tumanida ichimlik suvi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning hal etilishi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmonov va Navoiy viloyati IIB mutasaddilari sayyor yig‘ilish davomida kelishib olindi.

 «Bizda suv ta’minotida qiyinchiliklar bo‘lgani uchun dehqonchilik qilishda qiynalamiz. Qurbi yetganlar ortizan bilan suv chiqarishmoqda, yetmaganlarnig esa, ahvoli og‘ir» — deydi fuqaro O‘ral Usmonov. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan sha masala tuman aholisini yillar davomida qiynab kelayotgan muammodir. Suvsizlik sabab na tomorqada, na dalada ekin ekish ishlarini yuritish qiyin. Ayniqsa jazirama chilla kunlari mazkur masala dehqonlarni qiyin ahvolga solib qo‘yar ekan.

Muammoni hal etish maqsadida mutasaddilar tez kunlarda imtiyozli kredit evaziga har bir xonadonga ortizan quduq qazib berib, suv chiqarish bo‘yicha aniq chora tadbirlar belgilanib, kelishib olindi.

Shuningdek, tadbir davomida mutasaddilar aholining uy-joy bilan ta’minlash, turar joyni kadastr qilish, iste’mol krediti olish, ishsizlik, sog‘liqni saqlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, eskirib ketgan sim yog‘ochlarni yangilariga almashtirish masalalari bo‘yicha ham bildirgan shikoyatlarini tinglab, o‘z joyida murojaatlarning aksariyat qismini qanoatlantirishdi.

«Bugun  hududdagi 40 kilometrlik ichki yo‘llarni ta’mirlash, mavjud MTMlarni rekonstruksiya qilish, yangilarini qurish masalalarini 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturiga kiritish belgilandi, — deydi viloyat IIB boshlig‘i Rustam Tursunov. Biz viloyat IIB sektoriga qarashli bo‘lgan mazkur hududlarda shu kunga qadar ham bir necha bor sayyor uchrashuvlar tashkil etgan edik. Ammo bugun aholi qamrovi va muammolarni hal etish imkoniyatlar yanada kengaydi».

«Temirqovuq» MFY fuqarosi Elyor Boboyorov bir necha yildan buyon yashab turgan xonadonida sartaroshlik bilan shug‘illanib keladi. U faoliyatini  kengaytirish, sartaroshxonasini noturar joyga aylantirib zamonaviy jihozlash uchun kam foizli kredit so‘rab murojaat qildi

«Men shu kungacha kam foizli kredit olish uchun rosa yugardim. Yo‘l yo‘rig‘ni yaxshi bilmaganim uchunmi kredit ololmagandim. Bugun murojaatim hal etilib, menga 10 million so‘m kredit ajratilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi, — deydi E.Boboyorov. Uchrashuvda menga o‘xshagan yana 3 nafar kishiga tadbirkorligi uchun imtiyozli kreditlar olishga qaror chiqarildi».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 12 mart sanasida Nurota tumaniga tashrifi chog‘ida tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun 63 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani haqida ma’lumot bergan edi. Uchrashuvlar davomida hududdagi ishsizlik masalasi mazkur mablag‘lardan aholiga 8% bank kreditlari ajratish orqali hal etilishi ham aytib o‘tildi.

Tadibir yakunida viloyat va tuman rahbariyati e’tibori uchun tashkilotchilar tomonidan aholidan kelib tushgan murojaatning har biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining nazoratida turishi ta’kidlanib, bir oz vaqt o‘tgach ushbu muammolarning hal etilishi holati bo‘yicha barcha tuman va viloyatlarda qayta tekshiruvlar o‘tkazilishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring