Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sberbank» O‘zbekiston va Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshiradi

«Sberbank» O‘zbekiston va Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshiradi

«Sberbank Onlayn» ilovasi orqali Rossiyadan O‘zbekiston va Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalari endi komissiya undiruvlarisiz amalga oshiriladi. Bu haqda «Spot» bank matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Ya’ni, «Sberbank» ilovasi orqali rus rublini mahalliy banklardan ochilgan kartalarga qabul qiluvchining telefon raqamlari bo‘yicha o‘tkazish mumkin.

Ushbu xizmat bank mijozlari uchun 1-avgustdan boshlab mavjud, deyiladi xabarda.   

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda «Agrobank», Xalq banki, «Hamkorbank», Orient Finance Bank va Universalbank orqali mazkur pul o‘tkazmalarini qabul qilib olish mumkin.

«Sber» Rossiyadan qo‘shni davlatlarga pul jo‘natish bo‘yicha talabning ortib borayotgani fonida komissiyasiz pul o‘tkazmalarini tashkil etishga qaror qildi», – deydi bankning to‘lov va o‘tkazmalar bo‘limi rahbari Leonid Shnir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7-apreldan boshlab «Sberbank» Rossiyadan tashqariga faqat rublda pul o‘tkazmoqda. Qo‘shma Shtatlar tomonidan bankka qarshi blokirovka sanksiyalari kiritilganidan keyin valyuta o‘tkazmalari to‘xtatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring