Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergeliga qatnovchi avtobus yo‘nalishlari qisqartiriladi

Sergeliga qatnovchi avtobus yo‘nalishlari qisqartiriladi

Foto: Xabar.uz

2021-yil 11-yanvar kunidan boshlab Sergeli va Yangi hayot tumanlari orqali harakatlanuvchi 7 ta avtobus yo‘nalishlari faoliyatini muvofiqlashtirish belgilandi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, ishlab chiqilgan rejaga muvofiq:

  • 8-sonli «Sergeli 7-dahasi – Chilonzor 25-dahasi», 132-sonli «Sergeli 7-dahasi – Gulobod ko‘chasi» avtobus yo‘nalishlarini yopish;
  • 32-sonli «Erkin qo‘rg‘oni – Gulobod ko‘chasi», 80-sonli «Sergeli 7-dahasi – M.Yusuf ko‘chasi», 131-sonli «Do‘stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi», 133-sonli «Yangi Sergeli mahallasi – Chilonzor metrosi» avtobus yo‘nalishlari harakatini qisqartirish;
  •  38-sonli «Sergeli 7-dahasi – O‘zbekqishloqmash zavodi» avtobus yo‘nalishi harakatini uzaytirish belgilandi.

Yuqorida keltirilgan 7 ta avtobus yo‘nalishlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari natijasida yo‘nalishlardan bo‘shagan 25 ta (shundan 18 ta katta sig‘imli va 7 ta kichik sig‘imli) avtobuslar yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan va avtobuslar soni yetishmayotgan yo‘nalishlarni harakat tarkibi bilan to‘ldirish yo‘naltiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarishlar Sergeli metropoliten yo‘lining ishga tushishi bilan bog‘liq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring