Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Shahidlar xotirasi» xiyobonida uyatsiz harakatlar oldi olinadi

«Shahidlar xotirasi» xiyobonida uyatsiz harakatlar oldi olinadi

Foto: «Xabar.uz»

Yunusobod tumanidagi Shahidlar xotirasi xiyobonidagi o‘rindiqlarda yigit-qizlarning odob-axloq qoidalariga zid ravishda uyatsiz harakatlar sodir etgani uchun xiyobonga IIBB PPX «102» butkasi joylashtiriladi.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari Murodilla Aliqoriyev ma’lum qildi.

Kunlik tartibda ikki bosqichda piyoda va otliq patrul naryadlari jalb etiladi.

Shuningdek, shu tumanning Sharov Rashidov ko‘chasida joylashgan Germaniya elchixonasining orqa tarafidan oqib o‘tuvchi anhor kanalida fuqarolarning cho‘milishi va uning atrofida spirtli ichimliklar ichishining oldini olish maqsadida IIBB PPX brigadasidan kunlik tartibda tunu kun piyoda va patrul otliq naryadlari yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring