Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev neft-gaz masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev neft-gaz masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 may kuni neft-gaz xomashyosini qazib olish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.

Yig‘ilishda davlat rahbari neft-gaz sohasini transformatsiya qilish masalasiga e’tibor qaratib, bu jarayonni jadallashtirishni aytgan. Xalqaro konsultantlarni jalb qilib, strategik yondashuvlarni belgilab olish, neft-gaz sohasida hisob-kitob mexanizmlari shaffofligini ta’minlash vazifasini qo‘ygan.

Shuningdek, korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish orqali xarajatlarni qisqartirish, boshqaruv tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Prezident tarmoq rahbarlariga aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini yoqilg‘i-energiya manbalari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar bergan.

Tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq ishga tushirib, yo‘qotishlarni bartaraf etish choralari belgilangan. Resurslarni hozirdan tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring