Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya yo‘lga qo‘yilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring