Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Qozog‘istonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Yaqinda mamlakatlarimiz o‘rtasida temir yo‘lda yo‘lovchi tashish qayta tiklandi.

Kuni kecha O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari o‘tkazgan muzokaralarning amaliy natijalari yuqori baholandi. Qo‘shma kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani ta’kidlandi.

Ikki mamlakat yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring