Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi bayram tadbirida so‘zga chiqdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi bayram tadbirida so‘zga chiqdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida Xalqaro turizm markazining ochilishiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etmoqda.

«Xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan ushbu majmua Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi yana bir salmoqli, zafarli natija bo‘ldi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Qadimiy va navqiron Samarqand bag‘rida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulug‘vor me’moriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin, buyursin!», — dedi prezident so‘zining avvalida.

Yiliga 2 million turistga xizmat qiladigan bu ko‘p tarmoqli markaz tarkibida «Boqiy shahar» majmuasi, Kongress holl, 8 ta zamonaviy mehmonxona, amfiteatr va ko‘plab boshqa obyektlar mavjud.

Markaz loyihasini ishlab chiqishda tajribali me’mor va muhandislardan iborat xalqaro jamoa jalb etilgan. Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning yuksak malakali injener va texnik mutaxassislari qurilish jarayonida faol ishtirok etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring