Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashadi.

Bu haqda bugun, 6-avgust kuni O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on uchrashuvida so‘z borgan. Lekin tashrif sanasi aytilmagan.

O‘zbek delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamraisligidagi Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishida hamda Turkiya elchilarining XI yillik konferensiyasida ishtirok etish uchun Anqara shahriga borgan.

Vazir Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Prezidenti va birodar xalqiga yo‘llagan iliq salomini va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi masalalar, xususan, asosiy qo‘shma tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqilgan.

2017-yil oktyabr oyida Shavkat Mirziyoyev ilk marta Turkiyaga borgandi. Rajab Toyyip Erdo‘g‘on esa 2018-yil bahorda O‘zbekistonga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring